Ucharbek
Marketing strategiya / brending / tabdirlar
Bugungi kunda shaharda dorixonalardan ham ko‘proq sayyohlik agentliklari bor! Unda qanday qilib shov-shuvli va e’tiborni tortuvchi tarzda bu yo’nalishda boshlash mumkin degan sval turardi oldimizda? Javob oddiy – hech kim qilmagan ishni qilamiz va uni zo‘r darajada amalga oshiramiz! Bu safar “Ucharbek” loyihasini qanday yo‘lga qo‘yganimiz haqida hikoya qiladi.
Loyihaga “UcharBek” nomini tanladik – bu yerda “Bek” muallifning ismini anglatadi. Logotipda esa “Z” harfi orqali “UZB” so‘zi yashiringan bo‘lib, u brendning o‘zbek ildizlarini ifodalaydi. Va albatta bu bilan ”ketvorgan” emblema yaratdik.
Brend qahramoni – UZB emblemasi tushirilgan superqahramon shahar ko‘chalarida Bekzodni izlab yurdi. U yo‘lovchilarga Instagramdagi QR-kod tushirilgan flayerlar tarqatdi va sirli “Uchamizmi, Bekzod aka?” degan kampaniya xabari bilan hayrat
uyg‘otdi. Odamlar yuzlab izohlar yozdi, Bekzodlarni tag qilishdi va qahramonni videoga olishdi. Offline rejimda shahar bo‘ylab flyerlar va eshik tutqichiga ilinadigan flayerlar tarqatildi. Ularda yana “Uchamizmi, Bekzod aka?” degan sirli so‘z yozilgan.
Shuningdek, bu xabar LED-ekranlarda ham namoyish qilinib, loyiha atrofida sirdosh muhit yaratildi.
Onlineda biz mashhur blogerlar, ommabop sahifalar, yangiliklar kanallari va hatto raqobatchilar postlarida izohlar qoldirib, “sayohatga ketaylik” shiori bilan sirli kampaniyani davom ettirdik.Kampaniyaning cho‘qqisiga chiqqan payt –superqahramonni ko‘chada blogerning do‘sti tanib, @bekhzodbeck’ga videoqo‘ng‘iroq qildi. Ertasi kuni avtomobil ko‘rgazmasida qahramon bloger bilan uchrashib, unga ichida nima borligi noma’lum bo‘lgan chamadonni topshirdi. Loyihaning bosh sirli elementi faqat maxsus tadbir mehmonlariga oshkor etildi. Taklifnoma – pasport va bilet shaklida berildi.
Bunday yondashuv hali hech qayerda bo‘lmagan!
mamnun mijozlar
300
yillik tajriba
10
+
dan ortiq lidlar oyiga
4000
dan ortiq reklama turlari
100
Qisqacha raqamlarda
Bizga ishonishadi
Biznesingiz sotuvini oshirishni istaysizmi?
Ariza qoldiring va reklama kampaniyalaringizni beopul auditdan o’tkazing
Ucharbek
Audit / strategiya
Toshkent Ipoteka Markazi
Audit / strategiya
Flowers Garden
Audit / strategiya / brending
Blanc Bleu
Audit / strategiya
O'xshagan loyihalar
Biz jamoaviy ish va birgalikdagi sa’y-harakatlarning kuchiga ishonamiz — mijozlarimiz bilan ham, ichki jamoa bilan ham umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida yagona mexanizm sifatida ishlaymiz.
Manzil:
Toshkent shahri,
Soyib Xodjayev, 77-uy
Loyihangizni biz bilan muhokama qilishni istaysizmi?
O’z ma’lumotingizni qoldiring va siz bilan tez orada bog’lanamiz.
Saytga mijozlarni qanday jalb qilish mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar va marketpleyslar orqali brend mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish imkoniyatlari kengayib borayotganiga qaramay, veb-sayt hali ham asosiy savdo kanali va kompaniya haqidagi asosiy ma'lumot manbayi bo‘lib qolmoqda.