Loyihaga
“UcharBek” nomini tanladik – bu yerda
“Bek” muallifning ismini anglatadi. Logotipda esa
“Z” harfi orqali
“UZB” so‘zi yashiringan bo‘lib, u brendning o‘zbek ildizlarini ifodalaydi. Va albatta bu bilan
”ketvorgan” emblema yaratdik.
Brend qahramoni – UZB emblemasi tushirilgan superqahramon shahar
ko‘chalarida Bekzodni izlab yurdi. U yo‘lovchilarga Instagramdagi QR-kod tushirilgan flayerlar tarqatdi va sirli
“Uchamizmi, Bekzod aka?” degan kampaniya xabari bilan hayrat
uyg‘otdi. Odamlar yuzlab izohlar yozdi, Bekzodlarni tag qilishdi va qahramonni videoga olishdi. Offline rejimda shahar bo‘ylab flyerlar va eshik tutqichiga ilinadigan flayerlar tarqatildi. Ularda yana
“Uchamizmi, Bekzod aka?” degan sirli so‘z yozilgan.
Shuningdek, bu xabar LED-ekranlarda ham namoyish qilinib, loyiha atrofida sirdosh muhit yaratildi.
Onlineda biz mashhur blogerlar, ommabop sahifalar, yangiliklar kanallari va hatto raqobatchilar postlarida izohlar qoldirib, “
sayohatga ketaylik” shiori bilan sirli kampaniyani davom ettirdik.Kampaniyaning cho‘qqisiga chiqqan payt –superqahramonni ko‘chada blogerning do‘sti tanib,
@bekhzodbeck’ga videoqo‘ng‘iroq qildi. Ertasi kuni avtomobil ko‘rgazmasida qahramon bloger bilan uchrashib, unga ichida nima borligi noma’lum bo‘lgan chamadonni topshirdi. Loyihaning bosh sirli elementi faqat maxsus tadbir mehmonlariga oshkor etildi. Taklifnoma – pasport va bilet shaklida berildi.
Bunday yondashuv hali hech qayerda bo‘lmagan!