BM Group – qurilish sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga intilayotgan kompaniya. Ular allaqachon ko‘p qavatli uylar qurib, aholiga topshirgan va mijozlarining mamnunligini qozongan. Endi esa, Dombrobod Residence loyihasi orqali yanada kengayib, brendini mustahkamlash va bozorda mustahkam o‘rin egallash maqsadida biz bilan hamkorlikni boshlashdi.
Muammo: BM Group yangi bozorlarga kirish, mijozlarning ishonchini qozonish va qurilish kompaniyalari orasida o‘z o‘rnini mustahkamlashni xohlardi. Ammo, buni samarali amalga oshirish uchun chuqur tadqiqot va strategik yondashuv zarur edi.
Yechim: Bozor tadqiqoti – ochiq manbalar va statistik ma’lumotlar asosida qurilish bozoridagi tendensiyalar, asosiy o‘yinchilar va mijozlarning istaklari o‘rganildi. "Maxfiy mijoz" tadqiqoti – raqobatchilar sotuv ofislariga tashrif buyurilib, ularning mijozlar bilan ishlash strategiyalari va xizmat darajasi tahlil qilindi. Mijoz segmentatsiyasi – oxirgi yil ichida kvartira xarid qilgan mijozlar bilan intervyular o‘tkazilib, ularning ehtiyoj va muammolari tahlil qilindi. Brend strategiyasi va sotuv tizimi – mijozlar bilan muloqotni yaxshilash uchun xodimlarga skriptlar ishlab chiqildi, sotuv jarayonlarini tizimlashtirish va xizmat darajasini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi. Marketing va reklama strategiyasi – asosiy auditoriyaga qaratilgan yuqori sifatli reklama vositalari ishlab chiqildi, natijada aniq target orqali sifatli lidlar oqimi yaratildi
Natija: Sotuvlar va mijoz oqimi bir 8 barobarga oshdi. Sotuv ofisiga murojaatlar soni sezilarli ko‘paydi. Mijozlarning xizmatdan qoniqish darajasi sezilarli ravishda yaxshilandi. BM Group endi nafaqat yuqori sifatli uylar qurayotgan kompaniya, balki mijozlariga ishonchli xizmat ko‘rsatish orqali qurilish bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlayotgan brendga aylandi!
Biz jamoaviy ish va birgalikdagi sa’y-harakatlarning kuchiga ishonamiz — mijozlarimiz bilan ham, ichki jamoa bilan ham umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida yagona mexanizm sifatida ishlaymiz.
Ijtimoiy tarmoqlar va marketpleyslar orqali brend mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish imkoniyatlari kengayib borayotganiga qaramay, veb-sayt hali ham asosiy savdo kanali va kompaniya haqidagi asosiy ma'lumot manbayi bo‘lib qolmoqda.