Meros Development – Andijon viloyatining Shaxrixon shahrida zamonaviy uy-joy loyihalarini amalga oshirayotgan qurilish kompaniyasi. Aholi odatda hovlida yashashga o‘rgangan bo‘lsa-da, yangi turmush standartlarini yaratish va mijozlarni ko‘p qavatli uylarga jalb qilish – kompaniya oldidagi asosiy vazifalardan biri edi. Shu sababli, ular biz bilan hamkorlik qilib, marketing, brending, audit va raqamli reklama bo‘yicha strategik yondashuvni amalga oshirishga qaror qilishdi.
Muammo: Shaxrixon aholisi asosan hovlilarda yashashga odatlangan bo‘lib, ko‘p qavatli uylar bozori bu hudud uchun yangilik edi. Potensial mijozlar soni 6000 atrofida bo‘lib, ularga mahsulotni to‘g‘ri taqdim etish va yangi yashash sharoitlariga ishontirish muhim edi.
Yechim: Bozor tahlili – Shaxrixon aholisi orasida kvartira xarid qilishga tayyor bo‘lgan segmentlar aniqlandi. Brending va strategiya – kompaniyaning imidjini shakllantirish, mijoz ishonchini oshirish va mahsulotni to‘g‘ri pozitsiyalash yo‘lga qo‘yildi. Marketing va digital strategiya – reklama kampaniyalari ishlab chiqilib, sifatli target orqali eng potensial mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borildi. Influencer marketing – mahalliy yetakchilar va mashhur blogerlar orqali loyiha aholiga samarali tanishtirildi. Sotuv jarayonini optimallashtirish – mijozlar bilan ishlash strategiyalari ishlab chiqilib, qo‘ng‘iroqlar va savollarga samarali javob berish tizimi yaratildi.
Natija: Meros Development brendi Shaxrixon aholisi orasida ommalashdi. Sotuv ofisiga murojaatlar va kvartiralarga qiziqish darajasi oshdi. To‘g‘ri pozitsiyalash va marketing yondashuvi orqali Shaxrixon bozori muvaffaqiyatli o‘zlashtirildi. Meros Development bugun nafaqat qurilish kompaniyasi, balki Shaxrixonda yangi hayot tarzi yaratishga xizmat qilayotgan ishonchli brendga aylandi!
Biz jamoaviy ish va birgalikdagi sa’y-harakatlarning kuchiga ishonamiz — mijozlarimiz bilan ham, ichki jamoa bilan ham umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida yagona mexanizm sifatida ishlaymiz.
Ijtimoiy tarmoqlar va marketpleyslar orqali brend mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish imkoniyatlari kengayib borayotganiga qaramay, veb-sayt hali ham asosiy savdo kanali va kompaniya haqidagi asosiy ma'lumot manbayi bo‘lib qolmoqda.